Turkiya Bosh Ombudsmani Sh.Malkoch mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni yuqori baholadi va bugungi kunda Turkiya-O‘zbekiston munosabatlarining mustahkamlanayotganligini dunyoning boshqa davlatlariga namuna sifatida ko‘rsatish mumkinligini qayd etdi.
Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan inson huquq va manfaatlarining taʼminlanishi bo‘yicha bergan takliflarining aksariyati qabul qilinganligi muhim ahamiyatiga ega ekani taʼkidlandi. Shuningdek, Konstitutsiyada Ombudsman instituti qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Parlament Quyi palatasiga kiritishga xaqli ekani belgilab qo‘yilgani mehmonlar tomonidan eʼtirof etilib, qonunchilik tashabbusi ko‘plab davlatlar Ombudsmanlarida, jumladan, Turkiya Ombudsmanida ham yo‘q ekanligi aytib o‘tildi.
O‘zaro muloqot davomida inson huquqlarini taʼminlash yo‘nalishida O‘zbekiston va Turkiya Ombudsmanlarining murojaatlarni ko‘rib chiqish va o‘zaro tajriba almashish borasidagi hamkorligi mustahkamlanib borayotgani taʼkidlandi.
F.Eshmatova suhbat davomida saylash huquqiga ega bo‘lgan mahbus va mahkumlar o‘z huquqidan hech qanday moneliklarsiz foydalana olishlari uchun jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etilgan saylov uchastkalari ham o‘rganilganligi maʼlum qilindi.
O‘z navbatida xalqaro kuzatuvchilar Turkiyada bo‘lib o‘tgan Prezidentlik sayloviga tayyorgarlik, saylovchilarga yaratilgan sharoitlar va saylov jarayonlarining ochiq yoritilib borilgani bo‘yicha o‘z tajribasi bilan bo‘lishdi.
Xalqaro kuzatuvchilar saylov jarayonlarini diqqat bilan kuzatishlarini bildirib, O‘zbekiston hukumatiga ushbu muhim siyosiy jarayonni muvaffaqiyatli o‘tkazishiga tilak bildirishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati