Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Farg‘ona viloyatida o‘tkazildi
05 Sen
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.
Ombudsmanga murojaat
04 Sen
Muammoning yechimi topilib, fuqaro ishga tiklandi
Murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
31 Avg
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 32-sonli yotoqxonada yashovchi fuqarolar amaliy yordam so‘rab murojaat qilishdi.
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
30 Avg
2023 yilning 30 avgust kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga Qashqadaryo viloyati hududi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar T A H L I L I
29 Avg
2023 yilning 6 oyi davomida Qashqadaryo viloyatidan jami 1.299 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan iqtisodiy huquq bo‘yicha 366 ta, ijtimoiy huquq bo‘yicha 337 ta, shaxsiy huquq va erkinliklar bo‘yicha 144 ta, fuqarolarning murojaat etish huquqlari bo‘yicha 161 ta, bola huquqlari bo‘yicha 15 ta, ekologik huquqlar bo‘yicha 11 ta va boshqa masalalar bo‘yicha 183 ta, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati bo‘yicha 82 ta murojaatlar kelib tushgan.
Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat filialiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
28 Avg
Joriy yilning 28 avgust kuni Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Huseynova Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filialiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Monitoringda filialda narkologik xizmat ko‘rsatish sifati, bemorlarga yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining chekka hududlarida yashovchi fuqarolar murojaatlari o‘rganilmoqda
28 Avg
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning eng ustuvor vazifalaridan biri sifatida aholi orasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish sohasidagi xalqaro va milliy qonunchilik normalarini targ‘ib qilish, shuningdek, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.
Ombudsman tomonidan Konstitutsiyaviy sudiga masalalar kiritish huquqi va uni amalga oshirish tartibi muhokama qilindi
25 Avg
2023 yilning 25 avgust kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Konstitutsiyaviy sud bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda Ombudsmanning inson huquqlarini taʼminlanishi borasida ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudiga masalalar kiritish huquqi va uni amalga oshirish tartibi muhokama qilindi.
Ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili sayyor qabul o‘tkazdi
24 Avg
2023 yilning 23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorov Urganch shahar, 20-sonli "Obi hayot" mahallasida navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.