Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
28 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Farg‘ona viloyatidan yuborilgan murojaatlar tahlili ko‘rsatmoqdaki, aholi bandligini taʼminlash, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash, uy-joy bilan bog‘liq muammolar odamlarni ko‘proq tashvishga solmoqda.
Sirdaryo viloyatidagi penitensiar muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
27 Avg
Davlat rahbarining 2021-yil 26-iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qiynoqlarning oldini olish maqsadida Jamoatchilik guruhlari bilan birgalikda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflarini amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Sirdaryodagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkumlar Ombudsmanga murojaat yuborishdi
27 Avg
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov  Hovos tumanida joylashgan 8-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Penitensiar muassasalarga o‘rnatilgan “Ombudsman quti”laridagi murojaatlar muntazam o‘rganilmoqda
27 Avg
Hozirda Respublika bo‘ylab 50 ga yaqin harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarga 350dan ortiq “Ombudsman quti”lari o‘rnatilgan. Ular orqali mahkum va mahbuslar murojaatlari qabul qilinadi. Ushbu qutilar har oyda 2 marotaba faqatgina Ombudsman xodimlari tomonidan ochiladi va murojaatlar o‘rganiladi.
Xiva shahridan yuborilgan murojaatlar tahliliga asosan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
26 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Xiva shahridan yuborilgan murojaatlar o‘rganilib, ushbu hudud uchun muhim bo‘lgan masalalar tanlab olindi va ushbu mavzularga bag‘ishlangan “Ombudsman maktabi” tadbiri o‘tkazildi.
Oson, tezkor va qulay platforma: Ombudsman mobil ilovasi ishga tushirildi
26 Avg
Fuqarolarga murojaat yuborishda va Ombudsman faoliyatiga oid maʼlumotlardan xabardor bo‘lishlarida qulaylik yaratish maqsadida OMBUDSMAN.UZ mobil ilovasi ishga tushirildi.
Ombudsmanga Namangan viloyatidan nima mazmundagi murojaatlar yuborilmoqda?
26 Avg
Maʼlumki, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga yuborilayotgan murojaatlar muntazam ravishda viloyatlar kesimida tahlil qilinib, aholini qiynayotgan masalalar tanlab olinadi. Namangan viloyatidan yuborilgan murojaatlar o‘rganilganda eng ko‘p murojaatlar o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish masalasiga to‘g‘ri kelishi aniqlandi.
Qo‘qon shahar nogironligi bo‘lgan erkaklar uchun “Muruvvat” internat uyidagi sharoitlar o‘rganildi
23 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Kamilov Qo‘qon shahar nogironligi bo‘lgan erkaklar uchun “Muruvvat” internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi vakili ham ishtirok etdi.
Surxondaryodagi Viloyat Ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi 
22 Avg
2024-yilning 21-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Artikov Viloyat Ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda Surxondaryo viloyati Nuroniy jamg‘armasi raisi o‘rinbosari T.Berdiyev ham ishtirok etdi.