Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qiynoq holati bo‘yicha tarqalgan holat yuzasidan Ombudsman rasmiy munosabati
02 May
Ijtimoiy tarmoqlarda, Namangan viloyati Pop tumani Chodak qishlog‘ida yashovchi Doniyor To‘raxo‘jayevning bosqinchilikda gumonlangan 40 yoshdagi ukasi Dilshodjon joriy yilning 12-15 aprel kunlari Toshkent shahar IIBB Tergov bo‘limi xodimlari tomonidan qiynoqqa solinganligi, og‘iz va qo‘llari skotch bilan bog‘lanib, shafqatsiz muomalaga duchor qilinganligi bo‘yicha xabarlar tarqaldi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2022 yildagi murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyati yuzasidan  BRIFING
02 May
2022 yilda Ombudsman nomiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan, chet el fuqarolari va xorijiy davlatlar ombudsmanlaridan, shuningdek harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslar, ularning yaqin qarindoshlari va advokatlardan jami 17761 ta murojaat kelib tushgan. Bu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 977 taga yoki 5,2 foizga kamaygan.
Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyat filialiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
01 May
2023 yilning 28 aprel kuni Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyat filialiga monitoring tashrifi amalga oshirdi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
28 Apr
2023 yilning 28 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda 15 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi va nazoratga olindi.
Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tavsiyasiga ko‘ra Viloyatda koloniyalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar yarmarkasi o‘tkazildi
27 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsmani)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili, viloyat prokuraturasi, IIV jazoni ijro etish departamenti, IIV JIED 5-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi hamkorligida viloyatda faoliyat yuritayotgan qurilish va ishlab chiqarish korxonalari vakillarini jalb etgan holda viloyatda mavjud jazoni ijro etish koloniyalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yarmarkasi o‘tkazildi.
Talaba qizni taʼqib qilgan bezori jarimaga tortildi - Ombudsman
26 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari vakili (ombudsman) ishonch telefoniga Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi talaba qiz nomaʼlum bir shaxs tomonidan doimiy ravishda telefon orqali qo‘rqitib bezovta qilinayotgani bo‘yicha murojaat qildi. Otasi chet davlatiga ishlash uchun ketgan murojaatchi qizning yozishicha, yigit uni va dugonalarini ko‘p bora bezovta qilgan, Hattoki, onasini o‘ldirish bilan ham qo‘rqitgan.
Farg‘onada fuqarolar Ombudsmanga qanday masalalarda murojaat qilishadi? “Ombudsman maktabi” loyihasi Farg‘onada
25 Apr
Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan  aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.
Qiynoq va shafqatsiz munosabatning oldini olish: xalqaro va yevropa standartlari hamda ilg‘or tajriba
20 Apr
2023 yilning 20 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Qozog‘iston Respublikasining Almata shahrida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. “Qiynoq va shafqatsiz munosabatning oldini olish: xalqaro va yevropa standartlari hamda ilg‘or tajriba” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro tadbir yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qozog‘iston Ombudsmani instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.
O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning inson huquqlarini taʼminlash borasidagi hamkorligi yana-da mustahkamlanmoqda
19 Apr
2023 yilning 18 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash departamenti Hibsda saqlash masalalari katta maslahatchisi Endi Uotts bilan uchrashdi.