Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Aholi murojaatlari asosida Xorazmda fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha (ombudsman) xalq va davlat organlari o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida «Ombudsman maktabi» tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda.  O‘zaro muloqot platformasiga aylangan «Ombudsman maktabi» tadbirlari doirasida fuqarolar qabuli ham tashkil etilib, ular murojaatlari qabul qilinmoqda. Muhimi, aholiga uni qiynayotgan masala tegishli davlat organlari vakillariga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri, shu vaqtning o‘zida murojaat qilish imkoniyati yaratilmoqda.

2024-yil 1-noyabr kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumani aholisi uchun “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi. Unda tumanning “Urganch”, “Sardorlar”, “Chaqir”, “Vakillar”, “Qora go‘z”, “Do‘stlik”, “Gulbog‘”, “Yangiobod”, “Qo‘shloq”, “Boyot”, “Xo‘jalar”, “Tuzloq” va “Sherobod” mahallalarida yashovchi 100 nafardan ortiq fuqarolar qamrab olindi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda ushbu hududdan Ombudsmanga yuborilgan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga alohida eʼtibor qaratildi. Aholi tomonidan berilgan barcha savollarga masʼullar tomonidan batafsil javob berildi.

Shundan so‘ng, Ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili sayyor qabul o‘tkazib, fuqarolar murojaatlarini qabul qildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati