Shundan kelib chiqib, joriy yilning 1-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida o‘tkazilgan “Ombudsman maktabi” tadbirida yuqorida qayd etilgan masalalar bo‘yicha aholiga atroflicha tushuntirishlar berildi. Unda tumandagi “Turon”, “Bo‘ston”, “Monshakli”, “Turkiston” va “Sanoat” mahallalarida yashovchi 100 nafardan ziyod aholi qamrab olindi.
Tadbirga Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Kadastr agentligi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilot vakillari ham jalb etilib, ular tomonidan ishtirokchilarning aholiga sifatli ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va davlat hisobidan yuridik yordam olish tartiblari bo‘yicha huquqiy savodxonligi oshirildi.
Erkin muloqot shaklida o‘tgan tadbirda Ombudsmanga ushbu hududdan yuborilayotgan murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.
“Ombudsman maktabi” tadbiri doirasida Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakilining fuqarolar qabuli ham tashkil etildi. Unda 50 nafarga yaqin fuqarolar murojaatlari qabul qilindi. Mazkur murojaatlar nazoratga olinib, ayrimlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati