Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bir guruh fuqarolarning tibbiy xizmatdan foydalanish huquqlari taʼminlandi - Ombudsman
12 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilovga Viloyatning Quvasoy shahar, “Qalacha” MFY fuqarolari mahallada qishloq vrachlik punkti bo‘lmaganligi sababli, tibbiy xizmatdan foydalanish uchun uzoq masofa bosib o‘tishga majbur bo‘layotganliklaridan shikoyat qilishdi.
Andijondagi tergov hibsxonasiga o‘rnatilgan Ombudsman qutisiga 2 haftada 12 ta murojaat kelib tushgan
10 Iyu
2023 yilning 6 iyun kuni Andijon viloyatidagi 3-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirilib, mazkur muassasada saqlanayotgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
Xalqaro kuzatuvchilarning saylov jarayonlarini borishi haqidagi fikrlari
09 Iyu
Shu kunlarda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova mamlakatimizga saylov jarayonlarini kuzatish uchun kelgan hamkasb xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashmoqda. Joriy yilning 8 iyul kuni Qozog‘iston Respublikasi Atirau viloyatidagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil Almaz Abildayev bilan, bugun, yaʼni 9 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyatidagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil T.Merzlyakova va Novosibirsk viloyatidagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil N.Shalabayevalar bilan uchrashdi.
Ombudsman Turkiya Buyuk Millat Majlisi (Parlament) Ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar qo‘mitasi raisi bilan uchrashdi
08 Iyu
2023 yilning 8 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Turkiya Buyuk Millat Majlisi (Parlament) Ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar qo‘mitasi raisi Chigdem Erdogan Atabek bilan uchrashdi.
Saylovda ishtirok etib, davlat boshqaruvida ishtirok eting
08 Iyu
 Har bir fuqaro davlat boshqaruvida ishtirok etish yaʼni saylash huquqiga ega. Bu uning konstitutsiyaviy huquqi.
O‘zbekiston va Turkiya Ombudsmanlari saylov jarayonida inson huquqlarining taʼminlanishi borasida fikr almashishdi
07 Iyu
2023 yilning 7 iyul kuni mamlakatimizda joriy yil 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbir – muddatidan ilgari O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonini kuzatish maqsadida tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilar Turkiya Bosh Ombudsmani Sheref Malkoch hamda “Turkiya-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi rahbari, Turkiya Respublikasi «Adolat va rivojlanish» partiyasi deputati Osman Mesten O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova bilan uchrashdi.
Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili yordamida Muruvvat uyidagi erkaklarga ID-kartalar topshirildi
06 Iyu
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi rahbariyati ushbu muassasada yashovchi nogironlarning ayrimlariga shaxsini tasdiqlovchi hujjat olib berishda yordam so‘rab Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga murojaat qilgan edi. Chunki, mazkur muassasada ko‘p yillardan buyon parvarishlanib kelinayotgan 7 nafar shaxs mustaqil ravishda muloqot qilib, o‘z fikrini bayon etish imkoniyatiga ega emas.
Anomal issiq sharoitida mahbuslarga yaratilgan sharoitlar bo‘yicha Namanganda monitoring o‘tkazildi
05 Iyu
Joriy yilning 3 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili Jahongir Valiyev Uychi tumanidagi 6-son Tergov hibsxonasidagi sharoitlarni o‘rgandi.
Ombudsman YEXHT DIIHB missiyasi rahbari Ursula Gachek bilan uchrashdi
04 Iyu
Joriy yilning 4 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova muddatidan oldin bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha YEXHT DIIHBning missiya rahbari Ursula Gachek bilan uchrashdi.