Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Fuqarolik jamiyati institutlarining deputatlar faoliyatidagi ahamiyati
2025-yil 28-30 yanvar kunlari Parlament tadqiqotlari instituti va Konrad Adenauyer jamg‘armasi hamkorligida “Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari faoliyatini ilmiy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarning ikkinchi kunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari B.Narimanov maʼruzachi sifatida ishtirok etdi. U ishtirokchilarga deputatlar va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning amaliy jihatlari, inson huquqlari himoyasidagi dolzarb vazifalar haqida maʼruza qildi.

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, O‘zbekiston davlatchilik tarixida ilk bor aralash saylov tizimi asosida shakllangan parlament deputatlar va institut xodimlari uchun parlamentarizmga oid dolzarb bilim hamda tajribani oshirishdan iborat.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati