Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Surxondaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlaridagi yopiq muassasalarga monitoring tashriflari o‘tkazildi
O‘tgan hafta davomida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Surxondaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlaridagi mintaqaviy vakillari harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarga monitoring tashriflarini amalga oshirishdi.

Monitoringlarda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan Vaqtincha saqlash hibsxonasi va 9-son tergov hibsxonasi, Xorazm viloyatidagi Vaqtinchalik saqlash hibsxonasi, Xonqa tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli mastlik holatida bo‘lgan fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tumanlararo punkti va 11-son tergov hibsxonasi hamda Buxoro viloyatida joylashgan Qorako‘l “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyidagi sharoitlar o‘rganildi.

Tashriflar davomida yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning yotoq joylari, yuvinish xonalari, oshxona, tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘limi, tergov va advokatlar xonasi, kutubxona, sport zal, to‘garaklar xonasi, yaqin qarindoshlar bilan uzoq va qisqa muddatli uchrashuv xonalaridagi sharoitlar hamda dori-darmon vositalari va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash holati, hududlardagi issiqlik taʼminoti o‘rganildi.

Tashriflar davomida mazkur yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslar bilan jamoaviy va yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.

Monitoring tashriflari yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsman taʼsir choralari shaklidagi hujjatlar kiritilishi taʼminlanadi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati