Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Maktablarda “Ombudsman soati” darslari yangi o‘quv yilida davom etmoqda
16 Okt
Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Ombudsman soati” loyihasi doirasidagi darslar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Loyiha yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi bilimlar bilan taʼminlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Sirdaryoda “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida jabrlangan ayollar va agressorlar bilan amaliy ishlanadi
15 Okt
2025 yil 15 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tashabbusi bilan Sirdaryo viloyatida “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida qator amaliy tadbirlar o‘tkazildi.
Varshavada “Gender tengligining kelajagi: ayollar huquqlari bo‘yicha global kun tartibiga O‘zbekistonning hissasi” mavzusida sayd-ivent o‘tkazildi
14 Okt
Polsha Respublikasining Varshava shahrida o‘tayotgan insoniylik mezonlariga bag‘ishlangan “Human Dimension Conference 2025” xalqaro konferensiyasi doirasida “Gender tengligining kelajagi: ayollar huquqlari bo‘yicha global kun tartibiga O‘zbekistonning hissasi” (“The Future of Gender Equality: Uzbekistan‘s Contribution to the Global Women‘s Rights Agenda”) mavzusida sayd-ivent bo‘lib o‘tdi.
Toshkent davlat yuridik universitetining Yuridik klinikasi volontyor talabalari  Ombudsman faoliyati bilan tanishishdi
14 Okt
2025 yil 14 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Devon binosiga Toshkent davlat yuridik universitetining “Yuridik klinika” loyihasiga a’zo 1–4 kurs talabalari tashrif buyurishdi.
Ombudsman Human Rights Watch vakili bilan uchrashdi
14 Okt
2025 yilning 13 oktyabr kuni Varshava shahrida o‘tayotgan “Warsaw Human Dimension Conference 2025” xalqaro anjumani doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Human Rights Watch tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha katta tadqiqotchisi Mira Ritman bilan uchrashdi.
Mahkumni tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmagan deb topish masalalari Ombudsman mintaqaviy vakillari ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda.
13 Okt
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning mintaqaviy vakillari jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida tuzalish yo‘liga o‘tgan mahkumlarga xulosa berish bo‘yicha komissiyalar yig‘ilishlarida ishtirok etmoqda.
Ombudsman Varshavadagi xalqaro inson huquqlari konferensiyasida ishtirok etmoqda
09 Okt
Xabaringiz bor, 2025 yil 6 oktyabr kuni Polsha Respublikasining Varshava shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) tomonidan insoniylik mezonlariga bag‘ishlangan anʼanaviy “WarsawHuman Dimension Conference 2025”  xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi.
Farg‘onadagi maktab direktori bilan bog‘liq holat nazoratga olingan holda o‘rganildi
06 Okt
Kun.uz saytida “Omadsiz tadbir” yoxud “birovga choh qazisang — o‘zing tushasan” sarlavhasi ostida Farg‘ona viloyati Furqat tumanida maktab direktori G.Qosimovaga nisbatan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlar haqida video material eʼlon qilindi.
02 Okt
2025 yil 2 oktyabr kuni “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Toshkent davlat agrar universiteti binosida o‘tkazildi. Talaba yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari B.Narimanov, senator S.Abdikarimova hamda Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti, Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati vakillari hamda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.