Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Toshkentda “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida “Huquqiy yordam ko‘prigi” tadbiri o‘tkazildi
29 Sen
2025 yil 25 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida navbatdagi "Huquqiy yordam ko‘prigi” tadbiri o‘tkazildi. Tadbir Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining Toshkent shahar bo‘limida tashkil etildi.
Ombudsman ko‘magida 8 nafar hamshiraning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi
29 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (Ombudsmanga)ga Navoiy shahar markaziy shifoxonasi bolalar reanimatsiya bo‘limi hamshiralari murojaat qilib mehnat huquqlari buzilganidan shikoyat qilishdi.
Ombudsmanning Daniya Inson huquqlari instituti bilan hamkorligi mustahkamlanmoqda
25 Sen
2025-yil 24-sentabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) boshchiligidagi delegatsiya Kopengagen shahridagi Daniya Inson huquqlari institutiga tashrif buyurdi.
Ombudsman boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Daniya milliy preventiv mexanizmi faoliyati bilan tanishdi
24 Sen
2025 yil 23 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari xizmat tashrifi davomida Daniyadagi milliy preventiv mexanizm faoliyati bilan tanishishdi. Daniyada MPMdoirasidagi monitoring mamlakat Parlamenti Ombudsmaniga yuklatilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida “Ombudsman maktabi” tadbiri o‘tkazildi
18 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan fuqarolar murojaatlari tahlili asosida aholining huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida “Ombudsman maktabi” tadbirlari respublika bo‘ylab davom ettirilmoqda.
Tajriba va muloqot: Ombudsman Devoni xodimlari uchun xalqaro seminar tashkil etildi
18 Sen
2025 yil 17–18 sentyabr kunlari Toshkentda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Devoni xodimlari uchun Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi va Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi hamkorligida seminar-trening tashkil etildi.
O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash sohasidagi yutuqlar va istiqbollar
16 Sen
2025-yil 16-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va fuqarolik jamiyati tashkilotlari hamkorligida “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash sohasidagi yutuqlar va istiqbollar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Insonning shovqinsiz yashash huquqi borligini bilasizmi?
15 Sen
Insonning tinch va shovqinsiz muhitda yashashi – uning asosiy huquqlaridan biri hisoblanadi. Tibbiy tadqiqotlarga ko‘ra, uzoq muddatli yuqori darajadagi shovqin taʼsiri kattalarda asab tizimi buzilishi, qon bosimining ko‘tarilishi, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshirishi mumkin. Yosh bolalarda esa uyqu rejimi buzilishi, diqqat va xotira pasayishi kabi salbiy holatlar yuzaga kelishi taʼkidlanadi. Shu bois, qonunchilikda turli joylarda ruxsat etilgan shovqin miqdori aniq belgilab qo‘yilgan.
Freedom for Eurasia saytidagi xabar yuzasidan munosabat
15 Sen
Freedom for Eurasia xalqaro inson huquqlari tashkiloti saytida mahkum Jumasapar Dadaboyevning sog‘lig‘i yomonlashgani sababli mahkumlar uchun ixtisoslashtirilgan kasalxonaga joylashtirilgani haqida xabar eʼlon qilindi. Xabarda, shuningdek, mahkumning otasi E.Dadaboyev tomonidan 2025 yil 2 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga murojaat qilingani qayd etilgan.