Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman o‘rinbosari navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
28 Iyu
2024 yilning 29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari Bekzod Narimanov fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
MDHga aʼzo davlatlari o‘rtasida migratsiya masalasi bo‘yicha hamkorlik qo‘shnichilik aloqalarini yana-da mustahkamlanishiga xizmat qiladi – Ombudsman. MDH Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi yig‘ilishi tafsilotlari
27 Iyu
Bugun, 2024 yilning 27 iyun kuni Sankt-Peterburg shahrida MDH Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda mazkur Komissiya aʼzosi, O‘zbekiston Respublikasidan vakil sifatida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova ishtirok etdi. Shuningdek, muhokamalarda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston vakillari ham ishtirok etishdi.
Qoraqalpog‘istonning chekka hududlarida yashovchi fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
26 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili markazdan olis hududlarda joylashgan Beruniy va Ellikqalʼa tumanlarida “Ombudsman maktabi” tadbirlarini o‘tkazdi.
Buxorodagi 20-son Jazoni ijro etish koloniyasidagi mahkumlar murojaatlari qabul qilindi
25 Iyu
2024-yil 24-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Xuseynova 20-son Jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Ombudsman BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi eksperti bilan uchrashdi
25 Iyu
2024 yilning 25 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) F.Eshmatova BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Qiynoqlarni oldini olish va gender zo‘ravonlik masalalari bo‘yicha eksperti D.Aytxojina bilan uchrashdi.
Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Xonobod shahrida sayyor qabul o‘tkazdi
24 Iyu
2024 yilning 22 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvohidova Xonobod shahar, “Xidirsha”, “Fozilmonota”, “Mexmonobod” mahallalarida yashovchi fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.
Ruhiy kasalliklar shifoxonasida fuqaroni uning roziligisiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifokorga “hayfsan” berildi
24 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga fuqaro B.N. uning roziligisiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilganligi va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi bo‘yicha masʼullarga chora ko‘rilishini so‘rab murojaat qildi.
Ombudsman: IIB binosiga olib ketilgan shaxsning o‘limi holati o‘rganilmoqda
21 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan IIB binosiga majburiy olib ketilgan aka-uka Dilmurod va Dilshod Yusupvaliyevlarga nisbatan kuch ishlatilganligi holati o‘rganilmoqda.
Ombudsman boshchiligida ayollar koloniyasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
20 Iyu
Davlat rahbarining 2021 yil 26 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qiynoqlarning oldini olish maqsadida Jamoatchilik guruhlari bilan birgalikda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflarini amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish belgilangan.