Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman boshchiligida ayollar koloniyasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
20 Iyu
Davlat rahbarining 2021 yil 26 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qiynoqlarning oldini olish maqsadida Jamoatchilik guruhlari bilan birgalikda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflarini amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Xodimga ortiqcha to‘langan mablag‘lar qay tartibda ushlanadi? Ombudsmanga yuborilgan murojaat asosida buxgalterlar jarimaga tortildi.
20 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Jizzax viloyatidan fuqaro G.I. va bir necha nafar fuqarolarning jamoaviy murojaati kelib tushdi. Unda murojaatchilar oylik maoshlari noqonuniy tartibda ushlab qolinganini bildirib, mehnat huquqlarining tiklanishini so‘rashgan.
Navoiyning Xatirchi tumanidan yuborilgan murojaatlar tahliliga asosan fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi
19 Iyu
Navoiyda fuqarolarni mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlardan, ijtimoiy sohada aholiga yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida xabardorligini oshirishga qaratilgan navbatdagi “Ombudsman maktabi” tadbirlari o‘tkazildi. Ularda Xatirchi tumanidagi “Tamabaxrin”, “Aqovli” “Bog‘chakalon” va “Istiqlol” mahalla aholisi ishtirok etdi.
Ombudsman tomonidan fuqarolar manfaatida sudga kiritilgan daʼvo ariza qanoatlantirildi
19 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakiliga bir guruh fuqarolar oylik ish haqlari plastik kartochkaga kelib tushganda bank asossiz ravishda “kreditdan bo‘lgan qarzdorligi uchun” deb pullarini yechib olib qo‘yganligidan norozi bo‘lib shikoyat qilishdi.
Samarqandda O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistondagi Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
14 Iyu
2024 yilning 13 iyun kuni Samarqandda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova yangi saylangan Mo‘g‘ulistonning Inson huquqlari bo‘yicha milliy komissiyasi Bosh komissari Sunjid Dulgar bilan uchrashdi.
Ombudsman va Turkiya Inson huquqlari va tenglik instituti hamkorligi mustahkamlanmoqda
14 Iyu
2024 yilning 13 iyun kuni Samarqandda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Turkiya Inson huquqlari va tenglik institutining boshqaruv aʼzosi Zennure Ber bilan uchrashdi.
Ombudsmanning BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi bilan hamkorligi yanada mustahkamlanmoqda
12 Iyu
2024-yilning 12-iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi rahbari Matilda Bogner va BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari byurosi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy vakolatxonasining inson huquqlari bo‘yicha maslahatchisi Pavlo Byaliklar bilan uchrashdi.
Ombudsmanning xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda
12 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Umumiy manfaatlarni izlash Xalqaro notijorat assosiatsiyasining O‘zbekistondagi filiali rahbari Keneshbek Saynazarov bilan uchrashdi.
Ombudsmanning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi
11 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Toshkent shahridan fuqaro K.L. ijtimoiy yordam olish bo‘yicha oferta shartnomasini imzolash va undagi ayrim so‘zlarga o‘zgartirish kiritishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.