Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari B. Narimonov ham ishtirok etdi.
Sammitning ochilish marosimida Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining ishtirokchilarga yo‘llagan murojaati o‘qib eshittirildi.
Muloqotlarda raqamli makonda huquqlarni himoya qilish, shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligini ta’minlash, dezinformatsiyaga qarshi kurashish, sun’iy intellektning mehnat bozoriga ta’siri, raqamli savodxonlikni oshirish hamda inson huquqlarini himoya qilishning zamonaviy mexanizmlari muhokama qilindi.
Sammit doirasida turli mamlakatlar ombudsmanlari, milliy inson huquqlari institutlari va xalqaro tashkilotlar vakillari o‘rtasida tajriba almashinuvi hamda hamkorlik istiqbollari yuzasidan muloqotlar o‘tkazildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.






