Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bishkekda inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy organlari Maslahat kengashi doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi Torag‘asi Marlen Mamataliyevning SHHTga a’zo davlatlar inson huquqlari institutlari vakillari bilan uchrashuvida ishtirok etdi.
Qirg‘iz Respublikasi parlamenti rahbariyati bilan muloqotda inson huquqlarini ta’minlashda parlament va ombudsman institutlari o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati, inson huquqlarini himoya qilishning milliy mexanizmlarini takomillashtirish hamda SHHT doirasida yo‘lga qo‘yilgan yangi muloqot platformasining istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, xizmat safari davomida Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Yana Lantratova bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi. Unda inson huquqlari sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, inson huquqlari sohasida axborot almashinuvini kengaytirish, xalqaro maydonlardagi hamkorlikni davom ettirish hamda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuvlarda 2025-yilda O‘zbekiston va Rossiya ombudsmanlari o‘rtasida imzolangan yo‘l xaritasida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlari ham muhokama qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.