Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
MDH Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
02 Apr
2026 yilning 2 aprel kuni Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda onlayn shaklda Komissiya azolari M. Tillabayev hamda Ombudsman devoni xodimlari ishtirok etishdi.
Ombudsman Jenevaga xizmat tashrifi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi
02 Apr
2026 yilning 31 mart va 1 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Jenevaga xizmat tashrifi doirasida BMT Taraqqiyot dasturining Jenevadagi vakolatxonasi direktori Agi Veresh, Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Global alyansi (GANHRI) kotibi, shuningdek Shimoliy Irlandiya Inson huquqlari komissiyasi bosh komissari Alison Kilpatrik, Osiyo-Tinch okeani milliy inson huquqlari institutlari forumining (APF) Ijrochi direktori Tui Doan-Smit hamda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Milliy institutlar va mintaqaviy mexanizmlar seksiyasi inson huquqlari bo‘yicha xodimi Mattias Klettermayer bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda inson huquqlarini taʼminlash sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, institutsional muloqotni mustahkamlash, milliy inson huquqlari institutlarining xalqaro maydondagi o‘rnini kuchaytirish, shuningdek mintaqaviy va amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Sirdaryoda zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muloqot o‘tkazildi
02 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Tenglik va hurmat” platformasi doirasidagi navbatdagi tadbir Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Sirdaryo viloyati hududiy markazida o‘tkazildi.
Ombudsman Jizzaxdagi yopiq muassasalardagi sharoitlarni o‘rgandi va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha choralar belgilandi
01 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan viloyatning Jizzax shahri, Do‘stlik, Zomin, Paxtakor va G‘allaorol tumanlaridagi vaqtincha saqlash hibsxonalari, 29 va 30-sonli manzil-koloniyalar, Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish hamda Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari, Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxona, viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanseri, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati bo‘yicha filiali, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uylari (Jizzax va Zomin), mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlariga (Sharof Rashidov va Zomin) monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Jenevada O‘zbekiston tashabbusi bilan raqamli makonda inson huquqlarini himoya qilish - O‘zbekiston Ombudsmani tajribasi va xalqaro amaliyotga bag‘ishlangan sayd-ivent o‘tkazildi
31 Mar
2026 yilning 31 mart kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Global alyansining 2026 yilgi yillik yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston tashabbusi bilan “Raqamli makonda inson huquqlarini himoya qilish: O‘zbekiston Ombudsmani tajribasi va xalqaro amaliyot” mavzusida sayd-ivent o‘tkazildi. Unda 20dan ortiq xorijiy davlatlar Ombudsmanlari hamda qator xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Jenevadagi GANHRI Bosh assambleyasida inson huquqlarini taʼminlash bo‘yicha ilg‘or tajribalar muhokama qilindi
31 Mar
Joriy yilning 31 mart kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Global alyansining (GANHRI) Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda va unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ishtirok etmoqda.
Andijonda zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarga joyida huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatildi
31 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, jabrlangan ayollarni qo‘llab-quvvatlash va ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
31 Mar
2026 yil 30 mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)  o‘rinbosari B.Narimanov tomonidan 2026 navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Ombudsman Jenevada o‘tkazilayotgan Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Global alyansining yillik yig‘ilishida ishtirok etmoqda
30 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) joriy yilning 30 mart – 1 aprel kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Global alyansining navbatdagi umumiy yillik yig‘ilishida ishtirok etmoqda Mazkur nufuzli tadbir BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi hamkorligida BMTning Jenevadagi qarorgohida tashkil etilmoqda.