Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
murojaat
Kasb kasalligiga chalingan fuqaroga beriladigan tovon pullari tashkilot tugatilgan taqdirda to‘lab berilmaydimi?
20 Yan
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Viloyatning Buvayda tumanida yashovchi 2-guruh nogironi M.I. unga kasb kasalligiga chalingani tufayli to‘lab borilishi kerak bo‘lgan pullarni ololmayotgani bo‘yicha murojaat qildi.
Ombudsman Anqarada hamyurtlarimiz murojaatlarini qabul qildi
16 Yan
2023 yil 13 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Turkiya Respublikasiga qilgan tashrifi davomida O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida ushbu mamlakatda yashayotgan 30 nafardan ortiq vatandoshlarimiz bilan uchrashdi.
30 dekabr kuni Ombudsmanning 2022 yildagi oxirgi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
30 Dek
2022 yilning 30 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Ombudsman xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan masala ijobiy hal bo‘ldi
30 Dek
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga fuqaro Sh.L. qariyalar uyiga joylashtirish masalasida murojaat qildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ning xalqaro hamkorlik yo‘nalishidagi faoliyati haqida brifing
29 Dek
Qayd etish lozimki, Ombudsman instituti 1995 yilda MDH davlatlari orasidan O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib joriy etilgan. Mazkur institut hozirda Xalqaro Ombudsman instituti, Yevropa Ombudsmanlari instituti, Osiyo Ombudsmanlari Assotsiatsiyasi, Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Assotsiatsiyasi va Yevroosiyo Ombudsmanlari Alyansi kabi xalqaro tashkilotlarning to‘la qonli aʼzosi hisoblanadi.
Ombudsman tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan murojaat ijobiy hal etildi
26 Dek
Xabaringiz bor, ombudsman.uz rasmiy saytida Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi yordamga muhtoj nogiron ota va uning yagona vasiysining murojaati Ombudsman tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgani haqida maʼlum qilingan edi. Unda murojaatchining yashash uchun mutlaqo shart-sharoitlarga ega bo‘lmagan, sovuq va qarzdorligi uchun gazdan ham uzib qo‘yilgan uyda yashashi aytilgan.
Bir xonadonda 2 nafar nogironligi bor shaxs yashasa, ularning faqat bittasiga ijtimoiy yordam ko‘rsatiladimi?
21 Dek
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Navoiy shahrida yashovchi fuqaro V.N. 1-guruh nogironligi bo‘lgan ukasi S.N.ga ijtimoiy yordam ko‘rsatilmayotganidan norozi bo‘lib murojaat qildi.
Ombudsmanga mehnat daftarchasini yo‘qotgani sababli pensiya tayinlash rad etilgan fuqaro murojaat qildi
19 Dek
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Jizzax viloyatidan fuqaro D.T. pensiya tayinlash rad etilgani bo‘yicha murojaat qildi.
Ombudsman tomonidan fuqarolar manfaatida sudga kiritilgan yana bir daʼvo arizasi qanoatlantirildi
16 Dek
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsmanning) hududlardagi mintaqaviy vakillari doimiy ravishda harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga monitoring tashriflarini amalga oshirish bilan birga “Muruvvat” uylaridagi sharoitlarni ham o‘rganishadi.
Ombudsmanning Andijondagi mintaqaviy vakiliga qanday mazmundagi murojaatlar kelib tushdi?
02 Dek
 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvaxidovaga fuqarolar qabuli davomida Andijon viloyati, Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro “Ayollar daftari”ga kiritilgan bo‘lishiga qaramay, unga yordam ko‘rsatilmayotgani bo‘yicha murojaat qildi.
Ombudsmanning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
01 Dek
2022 yilning 30 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar  qabuli bo‘lib o‘tdi.