Ombudsmanga yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilib, uni joyiga chiqib o‘rganish zarurati bo‘lsa Ombudsmanning hududiy mintaqaviy vakillariga yuboriladi.
Kuni kecha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan va Andijon viloyatlaridagi mintaqaviy vakili fuqarolar murojaatlarini ishchi guruh tuzgan holda joyiga chiqib o‘rganishdi.
Hozirda holatlar bo‘yicha murojaatlarga oid barcha hujjatlar ko‘rib chiqilmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati