Qabulda 40 nafarga yaqin fuqarolar pensiya, mehnat huquqlarining buzilishi, tadbirkorlik faoliyati, ijtimoiy yordam olish, afv, sud-huquq, tergov jarayonlari va mulkiy munosabatlarga oid murojaatlarini qoldirishdi.
Mazkur murojaatlar nazoratga olinib, ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi, joyiga chiqib o‘rganish zarurati bo‘lgan murojaatlar Ombudsmanning mintaqaviy vakillariga yo‘naltirildi.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolar Vakilga ombudsman.uz sayti orqali elektron hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati