Murojaatchining so‘zlariga ko‘ra, Navoiy shahrida singlisining qaramog‘ida yashaydigan,maktab yoshiga yetgan qizi maktabga 1-sinfga qabul qilinmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasiga ko‘ra,har kim taʼlim olish huquqiga ega.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq, taʼlim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi, taʼlim olishga doir teng imkoniyatlarning taʼminlanishi, taʼlimning uzluksizligi va izchilligi, davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablari doirasida taʼlim olishning hamma uchun ochiqligi – taʼlim sohasidagi asosiy prinsiplar hisoblanadi.
Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, ijobiy hal qilindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati