Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risidagi Qonunning 10 moddasiga ko‘ra, Vakil O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi va u o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) fuqarolar murojaatlarini veb-sayt, mobil ilova, pochta, fuqarolar qabullari, pm.gov.uz portali hamda ishonch telefoni orqali qabul qilmoqda.

Ushbu murojaatlar ko‘rib chiqilib, masʼul tashkilotlarga so‘rov kiritiladi. Mavjud vaziyat bilan tanishish va tegishli maʼlumotlarni to‘plash zarurati bo‘lgan masalalar esa Ombudsman Kotibiyati xodimlari yoki hududlardagi mintaqaviy vakillar tomonidan joyiga chiqib o‘rganiladi. Natijasi bo‘yicha tegishli taʼsir hujjati tayyorlanadi.

Fotolavhada Ombudsmanning Namangan viloyati hamda Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari fuqarolar murojaatlarini ishchi guruh tuzgan holda joyiga chiqib o‘rganishayotgani tasvirlangan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati