Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning fuqarolar qabulida 50ga yaqin murojaat nazoratga olindi
2024 yilning 30 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Qabulda 50 nafarga yaqin fuqarolar mehnat huquqlarining buzilishi, ijtimoiy yordam olish, uy-joy, afv, sud-huquq, tergov jarayonlari, oilaviy va mulkiy munosabatlarga oid hamda boshqa murojaatlarini qoldirishdi.

Mazkur murojaatlar nazoratga olinib, ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi, joyiga chiqib o‘rganish zarurati bo‘lgan murojaatlar Ombudsmanning mintaqaviy vakillariga yo‘naltirildi. Fuqarolar murojaatlarini har tomonlama o‘rganish zarur bo‘lgan hollarda mutaxassislar va tegishli tashkilotlar vakillari ham jalb qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar Vakilga ombudsman.uz sayti orqali elektron hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin.

Maʼlumot uchun: Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga kuniga 100ga yaqin yozma va elektron murojaatlar kelib tushadi. Aholi murojaatlari fuqarolar qabuli, sayyor qabullar, pochta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, www.pm.gov.uz internet portali, ombudsman.uz sayti va mobil ilovasi hamda “Ombudsman quti”lari orqali qabul qilinadi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati