Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili jazoni ijro etish muassasalariga amalga oshirgan tashriflaridan birida 20-son koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumning Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga yotqizilgani haqida xabar topib, shu kunning o‘zida mahkum N.U. ning holidan xabar oldi.