Jumladan, Farg‘ona viloyat IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi hamda ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonada bo‘lib, u yerda saqlanayotgan shaxslarning huquqlari ta’minlanishi holati o‘rganildi.
Monitoring davomida yashash va ovqatlanish sharoitlari, tibbiy xizmatdan foydalanish, advokat bilan uchrashish, murojaatlar yuborish, banderol va posilkalar qabul qilish tartibi, videokuzatuv tizimi hamda sanitariya holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, vaqtincha saqlash hibsxonasida viloyat IIB huzuridagi situatsion markaz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn aloqa o‘rnatilgani qayd etildi.
Tashriflar chog‘ida ushbu muassasalarda saqlanayotgan shaxslar bilan jamoaviy suhbatlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari va takliflari tinglandi.
Eslatib o‘tamiz, Ombudsman tomonidan qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan monitoring tashriflari natijalari yuzasidan tayyorlanadigan tahliliy ma’lumotlar va tavsiyalar tegishli davlat organlariga taqdim etib kelinmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






