O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 102¹-moddasiga muvofiq, Komissiyalar tarkibiga Ombudsman mintaqaviy vakillari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va jamoatchilik vakillari kirishi belgilangan.
Shu kunlarda Toshkent shahri, Surxondaryo, Sirdaryo, Andijon, Xorazm, Samarqand, Namangan, Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona va Navoiy viloyatlaridagi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi jazoni ijro etish muassasalari hamda tergov hibsxonalarida bo‘lib o‘tgan komissiya yig‘ilishlarida Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari ishtirok etishdi. Yig‘ilishlarda umumiy hisobda 16 435 nafar mahkumga “tuzalish yo‘liga o‘tgan” deb xulosa berildi.
Jumladan, Toshkent shahridagi 21-son jazoni ijro etish koloniyasi hamda 23-son mahkumlar uchun ixtisoslashtirilgan kasalxonadagi komissiya yig‘ilishlarda jami 1087 nafar mahkumga “tuzalish yo‘liga o‘tgan” deb xulosa rasmiylashtirildi.
Sirdaryo viloyatidagi 40-son manzil-koloniyada 542 nafar, Samarqand viloyatidagi 38-sonli jazoni ijro etish koloniyasida 418 nafar va 37-son manzil-koloniyada 595 nafar, Namangan viloyatidagi 6-sonli jazoni ijro etish koloniyasida 1181 nafar, Buxoro viloyatidagi 1-sonli jazoni ijro etish koloniyasida 1140 nafar, 20-sonli jazoni ijro etish koloniyasida 121 nafar va 17-sonli jazoni ijro etish koloniyasida 1887 nafar, Qashqadaryo viloyatidagi 2-sonli jazoni ijro etish koloniyasidan 1373 nafar, Koson tumanidagi 10-sonli jazoni ijro etish koloniyasidan 1075 nafar, Navoiy viloyatidagi 4-sonli jazoni ijro etish koloniyasida 1472 nafar, 5-sonli jazoni ijro etish koloniyasida 1582 nafar, 11-sonli jazoni ijro etish koloniyasida 1289 nafar, 12-sonli jazoni ijro etish koloniyasi 748 nafar, 36-son manzil koloniyasida 337 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 27-son manzil koloniyasidan 400 nafar mahkumga tuzalish yo‘liga o‘tganligi bo‘yicha xulosalar berildi.
Shuningdek, tergov hibsxonalarida xo‘jalik ishlariga jalb qilingan holda jazo muddatini o‘tayotgan Surxondaryo viloyatidagi 9-son tergov hibsxonasidan 11 nafar, Sirdaryo viloyatidagi 8-son tergov hibsxonasidan 21 nafar, Andijon viloyatidagi 3-son tergov hibsxonasidan 25 nafar, Xorazm viloyatidagi 11-son tergov hibsxonasidan 9 nafar, Namangan viloyatidagi 6-son tergov hibsxonasida 18 nafar, Qashqadaryo viloyatidagi 5-son tergov hibsxonasidan 13 nafar, Farg‘ona viloyatidagi 10-son tergov hibsxonasidan 24 nafar, Buxoro viloyatidagi 4-son tergov hibsxonasidan 18 nafar, Navoiy viloyatidagi tergov hibsxonasidan 42 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 2-son tergov hibsxonasidan 7 nafar mahkum “tuzalish yo‘liga o‘tgan” deb topilgan.
Komissiya a’zolari tomonidan xulosa berishda mahkumlarning ichki tartib-qoidalarga rioya etishi, mehnat intizomi, ta’lim va kasb-hunarga qiziqishi, shuningdek, jamoat ishlari va madaniy-ma’rifiy tadbirlardagi ishtiroki inobatga olinadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati