Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Daniya milliy preventiv mexanizmi faoliyati bilan tanishdi
2025 yil 23 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari xizmat tashrifi davomida Daniyadagi milliy preventiv mexanizm faoliyati bilan tanishishdi. Daniyada MPMdoirasidagi monitoring mamlakat Parlamenti Ombudsmaniga yuklatilgan.

Daniyada MPM doirasida monitoring qilinadigan 13 ta muassasa mavjud. Dastlab delegatsiya aʼzolariga yopiq muassasalarda inson huquqlari holatini tizimli va mustaqil nazorat qilish bo‘yicha Daniya Ombudmani tomonidan taqdimot o‘tkazildi.

Shu kuni O‘zbekiston delegatsiyasi aʼzolari Kopengagen qamoqxonalari tarkibiga kiruvchi 1895 yilda qurilgan G‘arbiy qamoqxonaga ham tashrif buyurdi. U yerda mahbuslarni saqlash sharoitlari, taʼlim va tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi, shuningdek, qayta ijtimoiylashtirishga qaratilgan choralar to‘g‘risida muassasa tomonidan maʼlumotlar berildi.

Kopengagendagi Western Prison — tergov jarayonida bo‘lgan shaxslar saqlanadigan yirik muassasa hisoblanadi. Berilgan maʼlumotlarga ko‘ra ushbu muassasa 600 ga yaqin o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda sig‘imidan ortiq mahbuslar saqlanayotganligi maʼlum qilindi. Kameralar 1 kishilik bo‘lishiga qaramasdan, belgilangan sig‘imdan ko‘p shaxslar saqlanayotganligi uchun baʼzi kameralarda 2 nafardan shaxs joylashtirilgan. 

Taʼkidlanishicha, muassasada saqlanayotgan shaxslar ishlash huquqiga ham ega. Ularga sayr uchun kuniga kamida  1 soat vaqt ajratiladi. 

Shuningdek, mahbuslar har ikki haftada bir marta 1,5 soatlik qisqa muddatli uchrashuvdan foydalanish huquqiga ega.

Shu bilan birga, Istanbul qoidalariga muvofiq, mahbuslar muassasaga olib kelinganda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari