Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman taqdimnomasi asosida Sirdaryodagi vaqtincha saqlash hibsxonasidagi sharoitlar yaxshilandi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan o‘tkazilgan monitoring tashrifi davomida Guliston shahar ichki ishlar bo‘limi vaqtincha saqlash hibsxonasida bir qator kamchiliklar aniqlangan edi.

Monitoring yakunlariga ko‘ra, oktyabr oyida viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga Ombudsmanning taqdimnomasi kiritilgan. Unda muassasada shaxslarni saqlash sharoiti va sanitariya-gigiyena talablarga oid kamchiliklarni bartaraf etish, kamchilikka yo‘l qo‘ygan xodimlar faoliyatiga huquqiy baho berish so‘ralgan edi.

Ombudsmanga maʼlum qilinishicha, VSH kameralarini zaruriy jihozlar bilan taʼminlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan. Shuningdek, kameralar va ovqatlanish xonalarida har oyda uch marta sanitariya-gigiyena ishlarini amalga oshirish va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini tekshirish bo‘yicha qatʼiy nazorat o‘rnatilgan.

Shu bilan birga, hibsxonada saqlanayotganlarga qonun hujjatlari, adabiyotlar va davriy nashrlardan foydalanishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratilgan.

Kamchilikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, tegishli intizomiy taʼsir choralari ko‘rilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati