O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmani taklifiga ko‘ra, markazda saqlanayotgan yurtdoshlarimiz bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularni qiynayotgan masalalar atroflicha tinglandi. Ayrim murojaatlar joyida hal etildi.
Tashrif chog‘ida fuqarolarning Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida belgilangan muddatlardan ortiqcha saqlanmayotgani aniqlandi. Shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan hollarda, Ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi Elchixonasi o‘rtasida hujjatlashtirish ishlari tegishli darajada yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.
Bundan tashqari, ayrim ayol fuqarolarning yaqinlari bilan bog‘lanishiga ko‘maklashildi hamda huquqiy maslahatlar berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati