Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Varshava konferensiyasining oxirgi kuni gender tenglik va kamsitmaslik masalalariga bag‘ishlandi
Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tayotgan insoniylik mezonlariga bag‘ishlangan konferensiyaning oxirgi sessiyasi Tolerantlik va kamsitmaslik deb nomlandi.

8-10 oktabr kunlari o‘tkazilgan ushbu sessiyada erkak va ayollarga teng imkoniyatlar yaratishning kafolatlari, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik hamda YeXHTning gender tenglikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha harakatlar rejasining ta’minlanishi masalalari bo‘yicha chiqishlar qilindi.

Xalqaro konferensiyada so‘zga chiqqan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova gender tengligini ta’minlash va xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga chek qo‘yish borasida O‘zbekistonda amalga oshirilgan qonunchilik islohotlari hamda chora-tadbirlarga to‘xtaldi. Qisqa davr ichida sohaga doir xalqaro standartlarga mos milliy qonunchilik bazasi shakllantirilgani, so‘nggi 5 yilda 80 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi hamda gender tenglik siyosatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida 2030-yilgacha mo‘ljallangan gender Strategiyasi qabul qilinganligi qayd etildi.

Konferensiya davomida, boshqa mamlakatlardan qatnashgan vakillar ham gender tengligi va zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha o‘z mamlakatlaridagi tajriba va yondashuvlar bilan o‘rtoqlashdilar.

Xalqaro konferensiyadan so‘ng, O‘zbekiston tashabbusi bilan mamlakatimizda ayollarni oilaviy zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha qonunchilik, ko‘rilayetgan choralar hamda fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlariga bag‘ishlangan qo‘shimcha muhokamalar (sayd event) o‘tkazildi. Unda  mamlakatimizning gender tengligini ta’minlash,ayellar falligini qo‘llab qo‘llab quvvatlash, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruvidagi ishtiroki, ularning qonunchilik tashabbuslariga ko‘maklashishdagi roli hamda jamoatchilik nazoratini olib borishdagi faol ishtiroki keng muhokama qilindi.

Xususan, Davlat rahbarining  2024-yil 26-avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va uning ahamiyatiga to‘xtalindi. Ushbu hujjatning fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning shaffof va sog‘lom raqobat tamoyiliga asoslangan tizimini shakllantirish, shuningdek, ijtimoiy foydali dasturlar samaradorligini oshirishga qaratilgani ta’kidlandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati