Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Namangan viloyatidagi Vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi 
14 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan har chorakda gaupvaxta, maxsus qabulxona, vaqtincha saqlash hibsxonasi, tergov hibsxonasi, jazoni ijro etish muassasasi, intizomiy qism, majburiy davolash muassasalariga monitoring tashriflarini amalga oshirish belgilangan.
Mahkumlar bayram kunlari ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil qilinishini so‘rashdi
13 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakiliga 30-son manzil-koloniyasiga amalga oshirgan monitoring tashriflaridan birida mahkumlar bayram kunlari xalq suygan sanʼatkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etishni so‘rab murojaat qilishgan edi.
Prezidentimizning yana bir xalqaro tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi
12 Iyu
BMT Bosh Assambleyasi 2022 yil 11 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi xalqaro tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
08 Iyu
Davlatimiz rahbari muhtaram Prezidentimiz 2022 yil 20 iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda “Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha keng qamrovli islohotlarni boshladik. Eng muhimi, o‘tgan 6 yil mobaynida butun jamiyatimiz qayta uyg‘ondi, odamlarimiz yangicha fikrlash, ishlash va yashashga intilmoqda.Fuqarolar tomonidan amaldagi Konstitutsiyani yana-da takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab takliflar va mulohazalar bildirilmoqda” deb eʼtirof etdilar.
Referendum o‘tkazuvchi komissiya aʼzolarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv treninglarda Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili ishtirok etdi
07 Iyu
Joriy yilning 5-6 iyul kunlari Navoiy Davlat pedagogika institutida tashkil etilgan hududiy seminar mashg‘ulotlarida Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili, Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Shuhrat Jo‘rayev ishtirok etdi.
Qo‘qondagi vaqtincha saqlash hibsxonasiga hamshira shtati ajratilmagan
06 Iyu
2022 yilning 20 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov Qo‘qon shahar IIB vaqtincha saqlash hibsxonasida bo‘lib, u yerda saqlanayotgan shaxslarning sharoitlari bilan tanishdi.
Farg‘ona viloyatidagi Vaqtincha saqlash hibsxonasiga monitoring tashkil etildi
05 Iyu
2022 yilning 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov Farg‘ona viloyat IIB Patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlash bo‘limi vaqtincha saqlash hibsxonasida bo‘lib, u yerda saqlanayotgan shaxslarning sharoitlari bilan tanishdi. Monitoringda Farg‘ona viloyat prokuraturasining ichki ishlar idoralarida qonunlar ijrosi ustidan nazoratni taʼminlash bo‘limi prokurori S. Igamberdiyev, “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Farg‘ona shahar bo‘limi rahbari M.Jo‘rayevlar ham ishtirok etishdi.
Qiynoqqa solish holatlarini oldini olish bo‘yicha jazoni ijro etish muassasasi xodimlari uchun seminar tashkil etildi
04 Iyu
2022 yilning 2 iyul kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidagi 1-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi, 21-son jazoni ijro etish muassasasining 70 nafardan ortiq xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining I-forumi bo‘yicha xalqaro ekspertlar fikri
04 Iyu
Xabaringiz bor, 2022 yilning 28 iyun kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi, YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Xalqaro qamoqxonalar islohoti (PRI) tashkilotlari bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining I-Forumi o‘tkazilgan edi. Mazkur forum “Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining inson huquq va erkinliklarini taʼminlashdagi hamkorligi” mavzusiga bag‘ishlandi.