Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Huquqlarimni kim taʼminlaydi?” Maktablarda Ombudsman soatlari o‘tkazilmoqda
Inson huquqlari sohasidagi taʼlim har bir shaxsga o‘z huquqlarini talab qilish barobarida o‘zgalar huquqlarini ham poymol etmasliklari uchun zamin yaratadi. Ushbu ko‘nikmani maktablardan boshlab inson huquqlari sohasida ishlovchi amaliyotchi mutaxassislar orqali shakllantirish esa mavzuni yana-da qiziqarli ochib berilishiga xizmat qiladi.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili(ombudsman) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida “Ombudsman soati” loyihasiga start berildi. 

Inson huquqlariga bag‘ishlangan ilk “Ombudsman soati” 2024-yilning 11 yanvar kuni Buxoro shahridagi 29- va 2-sonli maktablarida o‘tkazildi. Bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan interfaol mashg‘ulotlarda “Huquqlarimni kim taʼminlaydi?” mavzusi atroflicha ochib berildi. 

Bugun, 12 yanvar kuni esa Guliston shahridagi 2-sonli umumtaʼlim maktabi va Andijon shahridagi 30-maktabda o‘tkazildi.

O‘zaro savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan darslarda o‘quvchilar inson huquqlariga oid ko‘plab bilimlarni o‘zlashtirishdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati