2023 yilning 4 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Xuseynovaning ushbu muassasaga navbatdagi monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Mintaqaviy vakil dastlab tibbiyot bo‘limiga kirib, mahkumlarga yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiyot xodimlarining xizmat xonalari, bemor mahkumlar saqlanadigan palatalar hamda ruhiy tinchlantirish xonasi bilan tanishdi. So‘ng Mintaqaviy vakil koloniyada mahkumlar uchun mo‘ljallangan oshxona va mahkumlarga ovqat tayyorlash jarayoni bilan tanishdi. Taomnoma bilan tanishilib, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash joylari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga koloniya maʼmuriyati tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish joylari, jazo muddatini o‘tashi davomida yaqin qarindoshlarining kelishi, telefon orqali so‘zlashuvi, xat va yozishmalari, mahkumlar kutubxonasidan foydalanishi va barcha yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
Mintaqaviy vakil tomonidan koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan xo‘jalik ishlariga jalb etilgan 4-turkum mahkumlari bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi. Ularning murojaatlari yuzasidan sayyor qabul tashkil etildi. Ombudsman qutilari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, qabul davomida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum X.M bilan yakka tartibda individual suhbat o‘tkazildi.
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati