Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Oson, tezkor va qulay platforma: Ombudsman mobil ilovasi ishga tushirildi
26 Avg
Fuqarolarga murojaat yuborishda va Ombudsman faoliyatiga oid maʼlumotlardan xabardor bo‘lishlarida qulaylik yaratish maqsadida OMBUDSMAN.UZ mobil ilovasi ishga tushirildi.
Ombudsmanga Namangan viloyatidan nima mazmundagi murojaatlar yuborilmoqda?
26 Avg
Maʼlumki, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga yuborilayotgan murojaatlar muntazam ravishda viloyatlar kesimida tahlil qilinib, aholini qiynayotgan masalalar tanlab olinadi. Namangan viloyatidan yuborilgan murojaatlar o‘rganilganda eng ko‘p murojaatlar o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish masalasiga to‘g‘ri kelishi aniqlandi.
Qo‘qon shahar nogironligi bo‘lgan erkaklar uchun “Muruvvat” internat uyidagi sharoitlar o‘rganildi
23 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Kamilov Qo‘qon shahar nogironligi bo‘lgan erkaklar uchun “Muruvvat” internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi vakili ham ishtirok etdi.
Surxondaryodagi Viloyat Ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi 
22 Avg
2024-yilning 21-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Artikov Viloyat Ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda Surxondaryo viloyati Nuroniy jamg‘armasi raisi o‘rinbosari T.Berdiyev ham ishtirok etdi.  
Ombudsmanga maxsus maʼruza taqdim etish vakolati beriladi
22 Avg
Xabaringiz bor, Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda.
BMTning Munosib turar joy masalalari bo‘yicha maxsus maʼruzachisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
21 Avg
Xabaringiz bor, joriy yilning 19 avgust kuni BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Munosib turar joy masalalari bo‘yicha maxsus maʼruzachisi Balakrishnan Rajagopal O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.
Toshkent viloyatidagi koloniyada saqlanayotgan mahkumlarning murojaatlari yuzasidan monitoring tashrifi amalga oshirildi
21 Avg
Kuni kecha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari, Ombudsman Kotibiyati xodimlari hamda Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Toshkent viloyatida joylashgan 7-sonli Jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Toshkentdagi 51-son manzil-koloniyasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
20 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili B.Masharipov 2024-yil 20-avgust kuni Yashnobod tumanida joylashgan 51-son manzil-koloniyasiga monitoring  tashrifini amalga oshirdi.
Xorazm viloyatidagi Ruhiy asab-kasalliklari dispanseriga monitoring tashrifi amalga oshirildi
19 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Ombudsman huzuridagi Jamoatchilik guruhi aʼzolari hamkorligida Xorazm viloyati Ruhiy asab-kasalliklari dispanseriga monitoring tashrifini amalga oshirdi.