Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Nukusdagi 2-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
Joriy yilning 10-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi  mintaqaviy vakili tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Nukus shahrida joylashgan 2-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar uchun chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Unda hibsxonada saqlanayotgan voyaga yetmaganlar, 60 yoshdan oshgan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar, surunkali kasalligi bo‘yicha dispanser kuzatuviga olinganlar hamda sog‘ligidan shikoyat qilgan jami 72 nafardan ortiq shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ushbu tibbiy ko‘rikka Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining terapevt, xirurg, nevropatolog, LOR, okulist, stomatolog, kardiolog, endokrinolog, akusher-ginekolog kabi 10 nafarga yaqin malakali shifokorlar guruhi jalb etildi. Shuningdek, hibsxonada saqlanayotgan shaxslar ultratovush tekshiruvi (UTT) uskunasi yordamida tekshiruvdan o‘tkazildi.

Tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, 2 nafar shaxsga ruhiy-psixologik kasalligi bilan bog‘liq tashxis qo‘yildi, 5 nafar shaxsga qo‘shimcha instrumental-laborator tekshiruvlaridan o‘tish, 11 nafar shaxsga ambulator tartibda davolanish hamda 18 nafar shaxsga muolajalarni davom ettirish tavsiya qilindi.

Tashrif doirasida hibsxonadagi 13 nafar xo‘jalik ishlariga jalb qilingan mahkumlar bilan suhbatlashib, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha takliflari eshitildi.

Shuningdek, mazkur hududdagi “Ombudsman quti”siga arizasi kelib tushgan 2 nafar mahbus bilan uchrashilib, ularning murojaatlari ijobiy hal qilishga erishildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati