Moskva shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasida tashkil etilgan muloqotda vatandoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar, jumladan, vaqtincha ishlash uchun ketgan shaxslar duch kelayotgan muammolar yuzasidan fikr almashishdi. Shuningdek, ayrim fuqarolar Rossiya va O‘zbekiston hududidagi yaqin qarindoshlari bilan bog‘liq muammolarni hal etishda ko‘mak so‘rab murojaat qilishdi.
Ochiq va samimiy shaklda o‘tgan uchrashuvda Feruza Eshmatova hamyurtlarimizning mamlakatimiz rivojiga qo‘sha oladigan ulkan salohiyatiga alohida eʼtibor qaratdi.
Ombudsman xizmat tashrifi doirasida Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Tatyana Moskalkova bilan ham uchrashadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati