Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Anomal sovuq kunlarida yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
17 Yan
Mamlakatimizda ob-havoning keskin pasayib ketishi jamiyat hayotida qator qiyinchiliklarni keltirib chiqargani hech kimga sir emas. Ushbu jarayonda harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan  monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Anomal sovuq kunlari jazoni ijro etish muassasalaridagi sharoitlar o‘rganildi
16 Yan
2023 yilning 12 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili Rustam Kamalov tomonidan viloyatdagi 47-son Manzil-koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar yotoqxonasidagi issiqlik holati o‘rganildi.
Ombudsman Anqarada hamyurtlarimiz murojaatlarini qabul qildi
16 Yan
2023 yil 13 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Turkiya Respublikasiga qilgan tashrifi davomida O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida ushbu mamlakatda yashayotgan 30 nafardan ortiq vatandoshlarimiz bilan uchrashdi.
Anqara Ombudsmanlarning muloqot maydoniga aylandi
12 Yan
Avval xabar berganimizdek, 2023 yilning 11-12 yanvar kunlari Anqara shahrida Turkiya Respublikasi Bosh ombudsmanining 10 yilligiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro konferensiya o‘tkazildi. “XXI asrda Inson huquqlari kelajagi” mavzusida o‘tkazilgan tadbirning ikkinchi kunida pandemiya va mojaroli hududlarda inson huquqlarining taʼminlanishi, o‘zga hududlarda ishlaydigan migrantlar, jumladan, ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatdagi muammoli masalalarni hal etishda Ombudsmanning roli mavzusida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Turkiya Ombudsmani institutining 10 yilligi nishonlandi
12 Yan
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova 2023 yilning 11-12 yanvar kunlari Turkiya Respublikasi Bosh ombudsmani tomonidan Turkiyaning Anqara shahrida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda. “XXI asrda Inson huquqlari kelajagi” mavzusida tashkil etilgan mazkur xalqaro tadbir Turkiya Ombudsmani instituti tashkil etilganligining 10 yilligi munosabati bilan o‘tkazilmoqda. Unga 60 dan ortiq xorijiy davlatlarning Ombudsmanlari, O‘zbekiston, Qozig‘iston, Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Italiya, Afrika, Ruminiya, Moldova, Keniya, Serbiya, Vengriya, Norvegiya, Fransiya, Qatar, Filippin, Pokiston, Bangladesh va boshqa qator mamlakatlar Ombudsmanlari ishtirok etishdi.   
LIVE: Nukus voqealari bo‘yicha sud. 2023-yil 12-yanvar
12 Yan
Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni o‘z ishini davom ettirmoqda.
Tajimuratov Jo‘qorg‘i Kengesdan qonuniy miting o‘tkazish bo‘yicha ruxsat olganmidi? 
11 Yan
Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni o‘z ishini davom ettirmoqda.