Suhbat davomida mehmon Ombudsmanning asosiy faoliyat yo‘nalishlariga, jumladan Vakilning aholi bilan muloqoti qanday yo‘lga qo‘yilganiga qiziqish bildirdi.
O‘zaro muloqot davomida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan loyihalar muhokama qilindi. BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi doimiy vakil Akiko Fudzii yoshlar huquqlarini taʼminlash yo‘nalishida hamkorlikni kuchaytirish muhimligini taʼkidladi. Har kim ikkinchi imkoniyatga va hayotini yangidan boshlashga haqli ekanidan kelib chiqib, jazo muddatini o‘tab, ozodlikka chiqqan yoshlar uchun loyihalar, maxsus kurslar tashkil etish taklifini bildirdi.
Shuningdek, mehmon Ombudsman instituti bilan hamkorlikni davom ettirishga qiziqish bildirib, yoshlar orasidagi jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan loyihalar ustida ishlash ham ahamiyatli ekanligini taʼkidladi.
Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati