Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman navoiylik fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
08 Sen
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.
Samarqand viloyatidagi yopiq muassasalarga amalga oshirilgan  monitoring tashriflari yakunlariga ko‘ra, mutasaddi vazirlik va tashkilotlarga Ombudsman talabnomalari kiritildi
07 Sen
Joriy yilning 4-7 sentyabr kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida joylashgan bir qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarga, xususan, 7-son tergov hibsxonasi va 37-son Manzil-koloniya, maxsus qabulxona, reabilitatsiya qilish markazi, Payariq, Ishtixon, Nurobod, Urgut va Tayloq tumanlari hamda Samarqand shahar Ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalariga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Sirdaryoda bank xodimining noqonuniy ishdan bo‘shatilgani aniqlandi
06 Sen
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakiliga AТ Xalq banki Sirdaryo viloyati filialida ishlagan fuqaro D.E. ishdan noqonuniy bo‘shatilgani bo‘yicha murojaat qildi.
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Farg‘ona viloyatida o‘tkazildi
05 Sen
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.
Ombudsmanga murojaat
04 Sen
Muammoning yechimi topilib, fuqaro ishga tiklandi
Murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
31 Avg
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 32-sonli yotoqxonada yashovchi fuqarolar amaliy yordam so‘rab murojaat qilishdi.
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
30 Avg
2023 yilning 30 avgust kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga Qashqadaryo viloyati hududi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar T A H L I L I
29 Avg
2023 yilning 6 oyi davomida Qashqadaryo viloyatidan jami 1.299 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan iqtisodiy huquq bo‘yicha 366 ta, ijtimoiy huquq bo‘yicha 337 ta, shaxsiy huquq va erkinliklar bo‘yicha 144 ta, fuqarolarning murojaat etish huquqlari bo‘yicha 161 ta, bola huquqlari bo‘yicha 15 ta, ekologik huquqlar bo‘yicha 11 ta va boshqa masalalar bo‘yicha 183 ta, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati bo‘yicha 82 ta murojaatlar kelib tushgan.
Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat filialiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
28 Avg
Joriy yilning 28 avgust kuni Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Huseynova Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filialiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Monitoringda filialda narkologik xizmat ko‘rsatish sifati, bemorlarga yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishildi.