Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
14 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
Aholining huquqiy savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi
13 May
2025-yilning 13-may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili hamda Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda “Aholining huquqiy xabardorligini oshirish yo'llarini takomillashtirish masalalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Ombudsman yordamida fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi
12 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga joylarda fuqarolarning huquqlari buzilayotgani yuzasidan bir qator murojaatlar kelib tushmoqda. Ular tezkor o‘rganilib, aniqlangan muammolarning hal etilishi taʼminlanmoqda.
Ombudsman tomonidan bir qator yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
08 May
Joriy haftada Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari Ombudsman huzuridagi qiynoqqa solish hollarining oldini olish bo‘yicha Jamoatchilik guruhlari bilan Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Andijon, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan bir qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarga monitoring tashriflarini amalga oshirishdi.
Respublika bo‘ylab “Ombudsman maktabi” tadbirlari va sayyor qabullar o‘tkazilmoqda
08 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Samarqand viloyatlaridan yuborilgan murojaatlar o‘rganilib, ushbu hududlar uchun muhim bo‘lgan masalalar tanlab olindi va mazkur mavzularga bag‘ishlangan “Ombudsman maktabi” tadbirlari o‘tkazildi.
JIDUda tashkil etilgan Ombudsman klubi a’zolari institut faoliyati bilan tanishdi
07 May
2025-yil 7-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalardan iborat Ombudsman klubi a’zolari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyatiga tashrif buyurishdi.
Namangandagi 6-son tergov hibsxonasida tibbiy ko‘rik hamda sayyor qabul tashkil etildi
07 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan Namangan viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida Uychi tumanidagi 6-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Surxondaryoda bir qator yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
06 May
2025 yilning 5-6 may kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari, Ombudsman Kotibiyati xodimlari hamda uning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Surxondaryo viloyatidagi bir qator penitensiar muassasalariga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Tahlil va ochiq muloqot: Surxondaryoda aholi murojaatlari asosida “Ombudsman maktabi” tadbiri o‘tkazildi
06 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan 2024 yil davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, eng ko‘p murojaatlar yuborilgan uchta hududdan biri — Surxondaryo viloyati hisoblanadi. Jumladan, ushbu hududdan 2117 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, eng ko‘p murojaatlar yaʼni 308 tasi Denov tumani fuqarolari tomonidan yo‘llangan. Ularda asosan turar joy, kommunal xizmatlar, yoshlar va ayollar bandligi, mulkiy nizolar va firibgarlik holatlari ko‘tarilgan.