Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
OMBUDSMANNING XORAZMDAGI MINTAQAVIY VAKILI 11-SON TERGOV HIBSXONASIDA MAHBUSLARGA YARATILGAN SHAROITLARNI O‘RGANDI
15 Dek
2021 yilning 14 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili (ombudsman) Xamro Bektemirov Urganch shahar 11-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Bolalar Ombudsmani tashabbusi bilan Voyaga yetmaganlar saqlanadigan yopiq muassasalarda bolalar ishtirokida teatr tomoshalari tashkil etilmoqda
15 Dek
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining ning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori va Bolalar Ombudsmani tashabbusiga binoan O‘zbekiston Respublikasi hukumati va YXHT tomonidan tasdiqlangan 2021-2022 yillarda O‘zbekiston YEXHT loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 41 bandida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar proflaktikasida va bir nechta dasturlar doirasida hamkorlik qilish belgilangan.
Ombudsman Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
15 Dek
2021 yilning 15 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Shveysariyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Konstantin Obolenskiy bilan uchrashdi.
Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
14 Dek
2021 yilning 14 dekabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Turkiya davlati Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha  milliy markazlar vakillarining videokonferensaloqa shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Penitensiar muassasalardagi xodimlar malakasi oshirilmoqda
13 Dek
IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti va jazoni ijro etish muassasalarilaridagi tashkiliy bo‘lim (bo‘linma) xodimlari uchun Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti o‘quv seminar tashkil etildi.
“Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni sovrindorlari eʼlon qilindi
10 Dek
Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy ishlari, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat tashkilotlardagi faoliyati, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, inson huquqlari targ‘iboti, inson huquqlari sohasidagi taʼlim va ilmiy tadqiqotlari, ekologik huquqlarni himoya qilish, shuningdek, inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun bir guruh fuqarolar va tashkilotlar hamda xalqaro tashkilot vakillari «Inson huquqlari himoyasi uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Gender tengligini taʼminlash bo‘yicha Ombudsmanlar uchrashuvi o‘tkazildi
09 Dek
2021 yilning 9 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Xalqaro Inson huquqlari kuni arafasida Qozog‘iston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili “BMT - ayollar” tuzilmasi bilan hamkorlikda gibrid shaklida tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etdi.
9 dekabr - O‘zbekiston Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilgan kun
09 Dek
Umrimizning mazmuni, asosiy maqsadi va kelajagimiz bu – bolalardir. Ularni komil inson bo‘lib voyaga yetishida ishtirok etish nafaqat ota-onalarning, balki butun jamiyatning burchidir. Bolalarni asrash, ularning huquq va erkinliklarini taʼminlash maqsadida jaxonda turli hil chora-tadbirlar ko‘riladi, konvensiyalar, memorandumlar, deklaratsiyalar, kelishuvlar imzolanadi.
Ombudsman BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi rahbari bilan uchrashdi
09 Dek
2021 yilning 9 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova hamda Ombudsman huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya aʼzolari bilan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi rahbari Rishard Komenda bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.