Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili  Sayxunobod tumanida sayyor qabul o‘tkazdi
2023 yilning 19 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli idoralar vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda bo‘lgan 25 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari eshitildi, jumladan, ishga joylashish, ijtimoiy yordam, bola puli olish, uyni taʼmirlash, farzandini davolanishda kabi masalalarda yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlarning 12 tasi joyida hal etildi, jumladan, 2 nafar fuqaroga 2 mln so‘mdan moddiy yordam puli berildi, bir nafar talabani kontrakt to‘lovi to‘lab berildi. Bir necha fuqarolar bepul oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlandi.

Shuningdek, 13 nafar murojaatchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati