2022 yil 31 may kuni Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Sirdaryo viloyatidagi Mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyat Kengashi mehnat huquqi inspektori Shirinxon Umaraliyeva hamda Yangiyer shahar xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi Abduvosit Baxromovlar Yangiyer shahar xalq qabulxonasi binosida fuqarolar sayyor qabulini tashkil etishdi.