Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman YEXHT DIIHBning ekspert-baholovchisi bilan uchrashdi
2023 yilning 5 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB)ning ekspert-baholovchisi Roland Blomeyer bilan uchrashdi.

Uchrashuvda asosiy eʼtibor Ombudsmanning qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va oldini olish borasidagi faoliyatiga qaratildi. Taʼkidlanishicha, O‘zbekistonda milliy preventiv mexanizmning “Ombudsman+” modeli joriy etilgan bo‘lib, penitensiar muassasalarga amalga oshiriladigan monitoring tashriflariga doimiy ravishda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb etib boriladi. Bu jarayonlarning OAV va blogerlar orqali keng yoritib borilishi esa, Ombudsman faoliyatining ochiqligini taʼminlaydi.

Shuningdek, muloqot davomida harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan mahkum va mahbuslarning Ombudsmanga murojaat qilish usullari, murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi va natijalari, respublikadagi barcha penitensiar muassasalarga o‘rnatilgan “Ombudsman quti”lari haqida ham so‘z bordi.

O‘zaro do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da mustahkamlash yuzasidan fikr almashishdi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati