Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ko‘chat ekib yurtimizni yashnatamiz! Parlament Ombudsmanlari jamoalari “Yashil makon” aksiyasida faol ishtirok etishdi
2023 yilning 2 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (bolalar ombudsmani) jamoalari “Yashil makon” umummilliy aksiyasiga qo‘shilishdi. Ombudsmanlar boshchiligida Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasidagi bo‘sh yer maydoniga 100 tadan ortiq mevali daraxtlar ekilib, bog‘ barpo etildi. Ushbu aksiyada Toshkent davlat yuridik universitetidagi “Ombudsman klubi” aʼzolari hamda jamoatchilik vakillari ham uyushqoqlik bilan ishtirok etishdi.

Qayd etish lozimki, “kuzgi daraxt ekish mavsumi”da Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari ham faol ishtirok etishdi. Loyiha doirasida Buxoro, Namangan, Xorazm, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona va boshqa viloyatlarda mingga yaqin mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tkazildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati