Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qoraqalpog‘istondagi maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar saqlanadigan maxsus qabulxonada o‘tkazilgan monitoring natijalari bo‘yicha berilgan tavsiyalar inobatga olindi
14 Iyu
2022 yil 25 may kuni Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Jenisbay Shlimbetov Nukus shahridagi maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar saqlanadigan maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslarning shart-sharoitlarini o‘rgandi.
Ombudsmanning Surxondaryodagi mintaqaviy vakiliga Sheroboddagi manzil-koloniyada saqlanuvchi 10 nafar shaxs murojaat qildi
14 Iyu
2022 yil 30 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Abdurashid Artikov Sherobod tumanidagi 41-son Manzil-koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Ushbu koloniya ayol va erkak mahkumlarning jazo o‘tashiga mo‘ljallangan. Ayol mahkumalar erkak mahkumalardan alohida saqlanadi.
Xalqparvar davlat barpo etish, inson qadrini ulug‘lash taraqqiyotimizning bosh mezoni
13 Iyu
2022 yil 9 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Xalqparvar davlat barpo etish, inson qadrini ulug‘lash taraqqiyotimizning bosh mezoni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Sardobadagi manzil-koloniyaga monitoring tashrifi amalga oshirildi
11 Iyu
2022 yil 30 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Sirdaryo viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 3-Mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi 39-son manzil-koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Monitoringda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyat Kengashi mehnat huquqi inspektori Shirinxan Umaraliyeva ham ishtirok etdi.
BMT Bosh kotibi birinchi o‘rinbosari O‘zbekistondagi yetakchi-ayollar bilan uchrashdi
09 Iyu
2022 yilning 8 iyun kuni mamlakatimizga tashrif buyurgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad O‘zbekistondagi yetakchi-ayollar bilan uchrashdi.
Sirdaryoda navbatdagi fuqarolar sayyor qabuli tashkil etildi
08 Iyu
2022 yil 31 may kuni Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Sirdaryo viloyatidagi Mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyat Kengashi mehnat huquqi inspektori Shirinxon Umaraliyeva hamda Yangiyer shahar xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi Abduvosit Baxromovlar Yangiyer shahar xalq qabulxonasi binosida fuqarolar sayyor qabulini tashkil etishdi.
Tug‘ma yurak porogi bor fuqaroning operatsiyasi uchun Ombudsman ko‘magida 28,5 mln so‘m ajratildi
08 Iyu
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilga (Ombudsmanga) fuqaro Y.S. akasi Y.N.da tug‘ma yurak-porogi aniqlanganligi va uni operatsiya qilish bo‘yicha davlat tomonidan yordam berilmayotganligidan norozi bo‘lib murojaat qildi. Murojaat muallifining yozishicha, bemorni zudlik bilan operatsiya qilmasa ahvoli og‘irlashish mumkin, lekin uning ijtimoiy holati og‘ir bo‘lgani sababli operatsiya xarajatlarini ko‘tara olmaydi.
Tungi vaqtlarda aholi tinchligini buzayotganlar ustidan Ombudsmanga murojaat kelib tushdi
07 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi pm.gov.uz orqali kelib tushgan murojaatda fuqaro M.R. aholi tinchligi buzilayotganidan shikoyat qilgan.
Buxoro viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylardagi sharoitlar qay holatda?
07 Iyu
Prezidentimizning 2021 yil 26 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–5163-sonli Qarorida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qiynoqlarning oldini olish maqsadida Jamoatchilik vakillari bilan birgalikda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflari tizimini yo‘lga qo‘yish belgilangan.