O‘quvchilarning inson huquqlari va erkinliklari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash uchun respublikamiz bo‘ylab “Ombudsman soat”lari o‘tkazilmoqda. Navbatdagi tadbirlar Andijon viloyatidagi 36-sonli, Sirdaryo viloyatidagi 7-sonli, Navoiy shahridagi 16 hamda 22-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari uchun tashkil etildi.
Tadbir “Ombudsman-huquq himoyachisi” mavzusida interfaol mashg‘ulot shaklida tashkil etilib, o‘quvchilarga inson huquqlari va erkinliklarining mazmun-mohiyati, ushbu huquqlarni taʼminlash bo‘yicha shug‘ullanuvchi milliy institutlar faoliyati to‘g‘risida atroflicha maʼlumotlar berildi.
Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlar o‘zaro savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati