Uchrashuvda tinglovchilar Ombudsmanning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari va fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik haqida tanishtirildi.
Bizning vazifamiz, nafaqat fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va tahlil qilish, balki ularni tizimli bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iboratdir. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda Ombudsman instituti qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Parlament Quyi palatasiga kiritishga haqli ekani belgilab qo‘yilgan. Bu esa qonun hujjatlarida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirishda muhim vosita hisoblanadi – dedi Ombudsman Feruza Eshmatova.
Uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda, erkin muloqot shaklida o‘tdi va tinglovchilar Ombudsman Kotibiyatidagi bo‘lim va sektorlardagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishtirildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati