Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Farg‘ona viloyatidagi Muruvvat uyida yashayotgan fuqarolar Ombudsmanga qanday masalada murojaat qilishdi
16 Noy
2022 yilning 14 noyabr kuni Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov O‘zbekiston tumanidagi Qudash Muruvvat nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Yevroosiyo Ombudsmanlari Alyansining VII-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
16 Noy
2022 yilning 15 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo Ombudsmanlari Alyansining VII-yig‘ilishida ishtirok etdi. Mazkur yig‘ilishda ishtirokchilar inson huquqlarini taʼminlashning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan huquqiy targ‘ibot xususida fikr almashishdi.
Namanganda 79 nafar o‘qituvchiga kompensatsiya pullari to‘lab berildi – Ombudsman
16 Noy
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili Jahongir Valiyevga Namangan shahar 2-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatining sobiq xodimlari ishdan bo‘shatilganidan so‘ng kompensatsiya to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib murojaat qilishdi.
Buxoroda Ombudsman vakillari va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi 
15 Noy
Buxoro davlat universitetida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili va Ombudsman xodimlari talabalar bilan uchrashdi.
Surxondaryodagi Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun muruvvat internat uyidagi sharoitlar o‘rganildi
14 Noy
2022 yil 3 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Abdurashid Artikov Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun muruvvat internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Ombudsman “Turkiya-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi rahbari bilan uchrashdi
14 Noy
Joriy yilning 12 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova mamlakatimizga tashrif buyurgan “Turkiya-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi rahbari, Turkiya Respublikasi “Adolat va rivojlanish” partiyasi deputati Osman Mesten bilan uchrashdi.
Navoiy viloyatidagi qator harakatlanish erkinligi cheklangan muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi
12 Noy
2022 yilning 9 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Djo‘rayev tomonidan Zarafshon shahridagi 12-sonli jazoni ijro etish koloniyasi, 36-sonli Manzil-koloniya va IIB huzuridagi vaqtincha saqlash hibsxonasiga monitoring tashriflari amalga oshirildi. Unda IIV huzuridagi JIED 5-Mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish guruhi rahbari podpolkovnik A.Achilov ham ishtirok etdi.
Ombudsman USAIDning O‘zbekistondagi huquqiy islohotlar dasturi direktori Sara Byukenen bilan uchrashdi 
11 Noy
2022 yilning 9 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova USAIDning O‘zbekistondagi huquqiy islohotlar dasturi direktori Sara Byukenen bilan uchrashdi.
Navoiyda harakatlanish erkinligi cheklangan muassasalarda maʼnaviy tadbirlar o‘tkazildi
11 Noy
Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Madaniyat karvoni» hamda «Maʼnaviyat festivali» shu kunlarda Navoiy viloyatida ham bo'lib o'tmoqda. Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan taniqli ijodkorlar va sanʼatkorlar bilan Navoiydagi 4-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning muloqoti tashkil etildi.