Monitoringda mahbuslarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish, advokat va tergov xonalari va boshqa sharoitlar o‘rganildi.
Mahbuslar bilan yakka tartibda va jamoaviy suhbatlashilib, ularga nisbatan muomala va sharoitlar haqidagi fikrlari o‘rganildi. Shuningdek, murojaatlari qabul qilinib, nazoratga olindi.
Monitoringda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha muassasa maʼmuriyatiga tavsiyalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, Ombudsman tomonidan qiynoqlarni oldini olish maqsadida amalga oshirilgan monitoring tashriflarida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tayyorlangan tahliliy maʼlumotlar Oliy Majlis palatalariga taqdim etib kelinmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati