Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘ta xavfli retsidivistni tergov hibsxonasiga tez-tez chaqirilayotgani haqidagi xabar bo‘yicha Ombudsmanning qo‘shimcha rasmiy munosabati
2024 yilning 30 iyul kuni o‘ta xavfli retsidivistni tergov hibsxonasiga tez-tez chaqirilayotgani haqidagi xabar Ombudsman tomonidan o‘rganilayotgani bo‘yicha Ombudsman rasmiy munosabati eʼlon qilingan edi.

Unda 2010 yilda ozodlikdan mahrum qilingan o‘ta xavfli retsidivistni 2023-2024 yillarda har oy tergov hibsxonasiga chaqirtirilgani holati bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra Bosh prokuraturaga nazorat xati yuborilgani maʼlum qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Ombudsman nazorati: Natijasi nima bo‘ldi?” nomli xabarda yuqoridagi holat bo‘yicha Ombudsman tomonidan qo‘shimcha maʼlumot berilmagani qayd etilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur holat Ombudsman nazoratida ekanligi, jarayon hali tugallanmagani sababli jamoatchilikka qo‘shimcha rasmiy munosabat berilmagani maʼlum qilinadi.

Toshkent shahar prokuraturasining shu yilning 29 avgustda bergan maʼlumotiga ko‘ra, yuqoridagi xabarlarda keltirilgan o‘ta xavfli retsidivist mahkumning IIV Markaziy vaqtincha saqlash hibsxonasida boshqa shaxslar bilan saqlanishining qonuniyligini o‘rganish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. O‘tkazilgan xizmat tekshiruvida aniqlangan holatlar va to‘plangan hujjatlar Toshkent shahar Yakkasaroy tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida o‘ta xavfli retsidivist A.H va u bilan bir kamerada saqlangan fuqaro H.R. hamda qayd etilgan holatga aloqador bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlardan tushuntirish xatlari olingan.

Hozirda mazkur tergovga qadar tekshiruv harakatlari yakunlanmagan va tekshiruvning borishi Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati